— Yashirin xaridor — Tibbiyot
Klinikalar uchun sirli xaridor
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholaymiz
Kontakt-markaz ishini nazorat qilamiz
Bemorlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etilishini tekshiramiz
Tibbiyot xodimlarining muloqot sifatini tahlil qilamiz
— Kontekst
Bu klinikalar uchun nega muhim?
Bemorlar klinikani nafaqat shifokorlarning malakasiga, balki xizmat ko‘rsatish darajasi, xodimlarning e’tibori, qabulga yozilish qulayligi va umumiy muhitga qarab ham tanlaydilar.
Ilk murojaatning o‘ziyoq — qo‘ng‘iroq, Instagram yoki messenjerdagi xabar bo‘ladimi — tibbiyot muassasasiga nisbatan ishonchni shakllantiradi.
O‘zaro aloqaning har bir bosqichi bemorning davolanishni boshlash, qayta murojaat qilish va klinikani yaqinlariga tavsiya etish haqidagi qaroriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Sirli xaridor
Quyidagilarga yordam beradi:
Klinikaga bemor nigohi bilan qarash
Xizmat ko‘rsatishdagi zaif nuqtalarni aniqlash
Xizmat ko‘rsatish sifati va xodimlar samaradorligini oshirish
— Qo'llanilishi
Sirli xaridor qanday vazifalarni hal qilishda yordam beradi?
Kontakt-markaz va ma’murlar (administratorlar) ish sifatini nazorat qilish
Veb-sayt, Instagram, Telegram va boshqa kanallardan tushgan murojaatlarning qayta ishlanishini tekshirish
Qabulga yozish jarayoni va resepshn xizmati sifatini baholash
Bemorlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etilishini tekshirish
Kichik tibbiyot xodimlari ishini baholash
Shifokorning muloqot madaniyati va sifatini baholash
Klinikadagi tozalik, qulaylik va umumiy muhitni nazorat qilish
Bemor yo‘lining barcha bosqichlarida xizmat ko‘rsatish standartlariga amal qilinishini tekshirish
Xizmatlarni tekshirishni amalga oshiramiz
ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun
— Aynan nima tekshiriladi
Mijoz yo‘li va baholash mezonlari
Mijozning klinika bilan o‘zaro aloqasining har bir bosqichi aniq mezonlar to‘plami asosida baholanadi.
Murojaat
Qabulga yozilish
Klinikaga tashrif buyurish
Resepshn
Kutish hududi
Shifokor qabuli
Tashrif yakuni
Birinchi aloqa va resepshn
Qo‘ng‘iroq, sayt va messenjerlar orqali yo‘llangan xabarlarga javob berish tezligi
Administrator maslahati va to‘g‘ri mutaxassis tanlashda yordam berishi
Qabul uchun qulay vaqt taklif etilishi
Bemorni kutib olish, rasmiylashtirish va kutish vaqti
Administratorlarning xushmuomalaligi va kichik tibbiyot xodimlarining faoliyati
Shifokor konsultatsiyasi
Bemor bilan iliq aloqa o‘rnata olish
Shikoyatlar, ehtiyojlar va bemor kutayotgan natijalarni aniqlash
Tashxis va davolash rejasini tushunarli tarzda tushuntirish
Savollarga atroflicha javob berish, hamdardlik va e’tiborlilik
Klinikadagi qulaylik va uning holati
Kirish qismi va xonalarning tozaligi
Shifokor xonasi tozaligi
Sanitariya xonalarining gigiyenik holati va jihozlanishi
Umumiy muhit va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar
Tashrif yakuni
Qayta qabul yoki davolanishni taklif qilish
Keyingi qadamlar haqida to‘liq ma’lumot berish
Tashrif uchun minnatdorchilik bildirish va xizmat ko‘rsatishni yakunlash
— Klinika qanday natijalarga erishadi?
Rahbar klinikani boshqarishning samarali vositasiga ega bo‘ladi.
Xolis ma’lumotlar va tahlillar aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.
Ko‘rsatadi:
Bemor yo‘lining har bir bosqichi bo‘yicha batafsil tahlilni
Kontakt-markaz, administratorlar va shifokorlar ishining bahosini
Aniqlaydi:
Bemorlarga xizmat ko‘rsatishdagi kamchilik va nuqsonlarni
Bemorlarning ketib qolish sabablarini
Rivojlantiradi:
Xizmat ko‘rsatish, muloqot va ish standartlari bo‘yicha aniq tavsiyalarni
Xodimlarni o‘qitish va ularni rag‘batlantirish uchun asos yaratadi
Oshiradi:
Bemorlar mamnunligini, qayta murojaatlar sonini va tavsiyalarni oshirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni taqdim etadi
Shunchaki hisobot emas
Balki butun filiallar tarmog‘ida servis sifati va sotuv hajmini uzluksiz oshirib borish vositasidir.
— Bizning natijalarimiz
O'zi haqida gapiradigan keyslar
Haqiqiy vazifalar va tekshiruvdan keyingi ko'rsatkichlardagi o'zgarishlar
— Ob'ektiv manzara to'g'ri savollardan boshlanadi
Rahbarlarni eng ko‘p qiziqtirgan savollarga javob beramiz
Bemorlar nega klinikaga qo‘ng‘iroq qilib, qabulga yozilmayotganini qanday bilsa bo‘ladi?
Sirli bemor telefon yoki messenjer orqali murojaat qiladi va dastlabki savoldan tortib qabulga yozilish taklifigacha bo‘lgan to‘liq yo‘lni bosib o‘tadi. Tekshiruv administratorning shartlarni tushunarli tushuntirayotganini, shubhalarni bartaraf eta olishini va qulay qabul vaqtini taklif qilayotganini aniqlashga yordam beradi.
Klinika xodimlari tekshiruv qachon o‘tkazilishidan xabar topadimi?
Tekshiruvchi mutaxassis oldindan kelishilgan ssenariy asosida oddiy bemor sifatida murojaat qiladi. Bu esa registratura, ma’murlar va boshqa xodimlarning odatiy ish jarayonini haqqoniy baholash imkonini beradi.
Toshkentda klinikani sirli xaridor orqali tekshirish narxi qancha?
Xizmat narxi filiallar soniga, murojaatlar va tashriflar ko‘lamiga, shuningdek, tekshirilishi lozim bo‘lgan bosqichlarga bog‘liq. Aniq qiymat vazifalar va ssenariy tasdiqlangandan so‘ng hisoblab chiqiladi.
Sirli bemor orqali shifokor ishini baholasa bo‘ladimi?
Maslahat jarayonida tushuntirishlarning qanchalik soddaligi, shifokorning e’tibori, savollarga berilgan javoblar va umumiy muloqot sifatini baholash mumkin. Tashxis hamda davolash rejasining to‘g‘riligi esa alohida tibbiy ekspertizani talab qiladi.
Klinikaning turli filiallaridagi servis sifatini qanday taqqoslash mumkin?
Barcha filiallar uchun yagona baholash mezonlari qo‘llanadi va tekshiruvlar turli smenalarda o‘tkaziladi. Bu takrorlanayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda eng yaxshi tajribalarni butun tarmoq bo‘ylab joriy etishga yordam beradi.
Sirli bemor tekshiruvidan so‘ng klinika nimani o‘zgartirishi mumkin?
Tekshiruv natijalari bemorga qaysi bosqichda yozilish noqulay ekanini, qayerda uzoq kutishga to‘g‘ri kelayotganini yoki tushunarli ma’lumot yetishmayotganini ko‘rsatib beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida ma’murlar faoliyatini va muloqot standartlarini to‘g‘rilash, so‘ngra qayta tekshiruv o‘tkazib, ijobiy o‘zgarishlarni baholash mumkin.
Tushunarli. Aniq.
Biznes natijasiga qaratilgan
— Klinikangizga bemor nigohi bilan qarashni istaysizmi?
Mijoz tajribasini baholash xizmatiga buyurtma bering
Konsultatsiya o‘tkazamiz, nazorat nuqtalarini belgilaymiz va klinikangizning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda servis sifatini baholash dasturini ishlab chiqamiz.