— Yashirin xaridor — Banklar
Banklar uchun sirli xaridor
Xizmat ko‘rsatish sifatini baholaymiz
Standartlarga rioya etilishi
Bank mahsulotlari savdosi
Filiallar, aloqa markazi va raqamli kanallardagi mijozlar tajribasi
— Kontekst
Bu nima uchun muhim banklar uchun
Bugungi kunda banklar nafaqat foiz stavkalari va mahsulot turlari, balki mijozlar tajribasining sifati bo‘yicha ham raqobatlashmoqda.
Mijozlar har bir filialda tezkor maslahat, professional xizmat ko‘rsatish va birdek yuqori darajadagi servisni kutishadi
O‘zbekiston bank sohasi uchun filiallar tarmog‘ida yagona xizmat ko‘rsatish standartini nazorat qilib borish ayniqsa muhim. Chunki berilayotgan maslahat sifati, xizmat ko‘rsatish tezligi va xodimlarning malakasi mijozlar ishonchiga, bank mahsulotlari savdosiga hamda ularning sodiqligiga bevosita ta’sir qiladi.
Sirli xaridor
Quyidagilarga yordam beradi
Mijoz tajribasining real holatini ko‘rishga
Filiallar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlashga
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xolis ma’lumotlarni olishga
— Qo'llanilishi
Qanday vazifalarni sirli xaridor hal etishga yordam beradi
Filiallarda xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish
Filiallararo xizmat ko‘rsatish darajasini o‘zaro taqqoslash
Xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etilishini tekshirish
Bank mahsulotlari bo‘yicha beriladigan maslahatlar sifatini baholash
Mijoz ehtiyojlarini aniqlash jarayonini nazorat qilish
Sotish va qo‘shimcha sotuvlar (kross-seyl) bo‘yicha ko‘nikmalarni tekshirish
Savollar va e’tirozlar bilan ishlash jarayonini baholash
Aloqa markazi, messenjerlar va onlayn kanallar faoliyatini tekshirish
Xizmatlarni tekshirishni amalga oshiramiz
ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun
— Aynan nima tekshiriladi
Mijoz yo‘li va baholash parametrlari
Mijozning bank bilan o‘zaro aloqasining har bir bosqichi aniq parametrlar to‘plami asosida baholanadi
Ariza / tashrif
Kutish
Maslahat
Ehtiyojni aniqlash
Mahsulot taqdimoti
Savollar bilan ishlash
Keyingi qadam
Dastlabki aloqa va kutish
Salomlashish va birinchi aloqa
Kutish vaqti
Xushmuomalalik va ish yuzasidan muloqot
Xodimning tashqi ko‘rinishi
Maslahat berish
Moliyaviy ehtiyojlarni aniqlash
Maslahat sifati
Mahsulot haqidagi ma’lumotlarning aniqligi
Shartlarning tushunarli tarzda tushuntirilishi
Taqdimot va sotuv
Bank mahsuloti taqdimoti
Qo‘shimcha mahsulotlarni taklif qilish
E’tirozlar va savollar bilan ishlash
Maslahatni yakunlash
Standartlar va bir xillik
Xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish
Ma’lumotlarning to‘g‘riligi
Filiallar o‘rtasida xizmat ko‘rsatishning yagona darajasi
Maslahatdan keyingi qadam
— Bank qanday natijalarga erishadi
Rahbar tarmoqni boshqarish vositasiga ega bo‘ladi
Xolis ma’lumotlar va tahlil aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda sotuvni ko‘paytirish imkonini beradi
Ko‘radi:
Filiallar va bo‘linmalar reytingini
Xodimlar va jamoalar samaradorligini
Xizmat ko‘rsatish va sotuvning asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini
Aniqlaydi:
Xizmat ko‘rsatish va sotuvdagi zaif nuqtalarni
Mijozlar qiziqish va ishonchni yo‘qotadigan bosqichlarni
Mijozlar va tushum boy beriladigan nuqtalarni
Nazorat qiladi:
Xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etilishini
Har bir bosqichdagi maslahat sifatini
Sotuv ssenariylari va skriptlarning bajarilishini
Boshqaradi:
Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirishni
Xodimlarning motivatsiyasi va KPI ko‘rsatkichlarini
Sotuv va foydani oshirishga qaratilgan o‘zgarishlarni joriy etishni
Shunchaki hisobot emas
Balki butun filiallar tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish sifati va sotuvni doimiy ravishda oshirib borish vositasidir
— Bizning natijalarimiz
O'zi haqida gapiradigan keyslar
Haqiqiy vazifalar va tekshiruvdan keyingi ko'rsatkichlardagi o'zgarishlar
— Ob'ektiv manzara to'g'ri savollardan boshlanadi
Bank rahbarlarining asosiy savollariga javob beramiz
Agar ichki nazorat tizimi mavjud bo‘lsa, bankka sirli mijoz tekshiruvi nega kerak?
Ichki nazorat jarayonlarning aslida qanday ishlashi kerakligini ko‘rsatsa, sirli mijoz esa ularni haqiqiy mijoz qanday qabul qilishini ko‘rsatib beradi. Tekshiruv xizmat ko‘rsatish standartlari bilan amaldagi sifat o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlashga, xodimlarning real vaziyatlardagi ishini baholashga, filiallararo servis darajasini solishtirishga hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xolis ma’lumotlar olishga yordam beradi.
Sirli mijoz filiallar faoliyatidagi qanday muammolarni aniqlashga yordam beradi?
Bo‘limlararo servis darajasining har xilligi, standartlarga nomigagina rioya qilinishi, ehtiyojlarning yetarli darajada aniqlanmasligi va maslahat bosqichidayoq mijozlarni yo‘qotish holatlari.
Butun tarmoqni emas, faqat bankning ayrim bo‘limlarinigina tekshirish mumkinmi?
Ha, tekshiruv formati qo‘yilgan vazifaga qarab belgilanadi — bitta bo‘limdan tortib butun filiallar tarmog‘igacha.
Bank bo‘limini tekshirish jarayonida aynan nimalar baholanadi?
Kutib olish va navbatda kutish vaqti, ehtiyojlarni aniqlash, maslahat berish sifati va to‘g‘riligi, mahsulotlar taqdimoti, e’tirozlar bilan ishlash hamda maslahatdan keyingi qadam.
Tekshiruv natijalari xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va bank mahsulotlari sotuvini ko‘paytirishga qanday yordam beradi?
Hisobotda bo‘limlar reytingi, rivojlantirilishi kerak bo‘lgan sohalar hamda standartlar, skriptlar va xodimlarni o‘qitish bo‘yicha ustuvor tavsiyalar o‘z aksini topadi.
Bankka sirli mijoz tekshiruvlarini qanchalik tez-tez o‘tkazib turish tavsiya etiladi?
Dinamikani kuzatib borish va yagona xizmat ko‘rsatish standartini saqlab qolish uchun eng maqbul davriylik — har oyda.
Tushunarli. Aniq.
Biznes natijasiga qaratilgan
— Bank servisini mijoz nigohi bilan ko‘rishni istaysizmi?
Mijoz tajribasi tekshiruviga buyurtma bering
Konsultatsiya o‘tkazamiz, tekshirish nuqtalarini belgilaymiz va bankingiz maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda mijoz tajribasini baholash dasturini taklif etamiz